Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli bolasini sotayotgan ayol ushlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 may kuni Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 43 yoshli M.P. Beruniy tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda To‘rtko‘l tumanida yashovchi “Qunduz” ismli ayol noqonuniy ravishda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lib yurganligini bayon qilgan. Uning ushbu arizasiga asosan shu kuni soat 21:00 da Beruniy tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, To‘rtko‘l tumanida joylashgan namunali uyda ijarada yashab kelayotgan, 38 yoshli Qunduz K. o‘zining ikkinchi farzandi voyaga yetmagan 13 yoshli D.O.ni fuqaro S.E.ga 15 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSH dollari hamda qolgan 14 600 AQSH dollari miqdoridagi pullar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Qunduz K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing