Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazadigan komissiya tarkibi tasdiqlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Komissiya:

•    inson huquqlari, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq holatlar va hodisalarni chuqur o‘rganib chiqadi;

•    shaffoflikni ta’minlash maqsadida Komissiya faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hujjatlashtirilishini, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalari yordamida qayd etilishini tashkil etadi;

•    o‘rganish natijalari bo‘yicha yakuniy axborot tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyasi
TARKIBI

Feruza Farhodovna Eshmatova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huqulari bo‘yicha vakili (ombudsman), Komissiya raisi;

Alisher Keldiyevich Qodirov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari;

Bobur Mansurovich Bekmurodov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakatining raisi;

Dilrabo Jo‘rabekovna Xolboyeva – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” nodavlat notijorat tashkilotining raisi;

Anvar Mirzaaxmedovich To‘ychiyev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi;

Gavhar Salayevna Durdiyeva – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi;

Abatbay Saparbayevich Daniyarov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari;

Yelizaveta Duysenbayevna Kut’bayeva – “Berdaq” nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yuridik fakul’tetining dekani;

Kenes Aytmuratovich Karimov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining raisi, xalq shoiri;

Behzod Shuhratovich Sharipov – “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining raisi;

A’zamjon Turgunovich Farmonov – “Huquqiy tayanch” nodavlat notijorat tashkilotining raisi;

Gulnoz Abulqosimovna Mamarasulova – Shvetsiyaning “Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotining direktori;

Jenisbay Kurbanbayevich Shlimbetov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huqulari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili;

Temurbek Rahmatuliyevich Xayitov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huqulari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Kotibiyati bo‘lim boshlig‘i (Komissiya kotibi).


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston voqealari

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing