Qoraqalpog‘iston SSV rahbariga birdan uch o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari tayinlandi.

Qural Jalgasbayevich Kamalov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bugungacha S. Sultonov nomidagi Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazining direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Undan avval Qural Kamalov Kegayli tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2013 – 2018 yillarda ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilgan.

Akmal Alisherovich Asqarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bugungacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali direktorining innovatsion masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mutaxassisligi travmatolog-ortoped bo‘lgan Akmal Asqarov Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri, Ho‘jayli tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalikni va bolalikni muxofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi kabi vazifalarda ishlagan.

Aymurat Kuvandikovich Tangirbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining iqtisodiy va umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish stansiyasining bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Undan avval Aymurat Tangirbergenov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filialining qon quyish bo‘lim mudiri lavozimida ham ishlagan.

Avvalroq, Murod Ismoilovich Qurbonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov SSV

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing