Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri tayinlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan Xamrayev Atadjan Karimovich Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur qaror tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi sessiyasiga taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, Atadjan Xamrayev hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

Mutaxassisligi bo‘yicha shifokor-terapevt bo‘lgan Xamrayev, tibbiyot fanlari doktori hisobalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Atadjan Xamraev

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing