Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

Joriy yilning 2 iyun kuni taxminan soat 11:37 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan "Ikrom Aziz" MCHJga qarashli universal yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta "ZIL-130" yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan. Hozircha kelib chiqqan yong‘inning sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda.

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qoraqalpog'iston Respublikasi yoqilg'i quyish shoxobchasi

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing