Qoraqalpog‘iston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
11 mart
4881Quanishbay Azerbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Quanishbay Azerbayev Koshkinbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Quanishbay Azerbayev Qorao‘zak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning fevralidan beri ushbu lavozimda Sag‘indiq Turmanov ishlab kelayotgandi. Keyinchalik u O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
LiveBarchasi