Qorabog‘dagi portlash qurbonlari soni ma’lum bo‘ldi

Olam

егн

Qorabog‘dagi Xonkendi (Stepanakert) - Askeran trassasidagi yoqilg‘i saqlanadigan omborxonada portlashda kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, portlash joyida 13 nafar noma’lum jasad topilgan, ular ekspertiza uchun yuborilgan, shuningdek, yetti kishi shifoxonada vafot etgan.

“Ko‘p odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda”, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, portlashdan so‘ng turli darajadagi kuyishlar bilan jami 290 kishi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 sentyabr kuni kechqurun Qorabog‘dagi Xonkendi (Stepanakert) - Askeran trassasidagi yoqilg‘i saqlanadigan omborxonada portlash sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing