Qorabog‘dagi portlash qurbonlari 68 nafarga yetdi
Olam
−
27 Sentabr 2023
4217Qorabog‘dagi Xonkendi (Stepanakert) – Askeran trassasidagi yoqilg‘i saqlanadigan omborxonada yuz bergan portlashda halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi. Bu haqda “Aravot” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida 290 kishi jarohatlangan. Ulardan deyarli 170 nafari Armanistondagi shifoxonalarga, jumladan, Rossiya tinchlikparvar kuchlarining vertolyotlari orqali yetkazilgan. Nashrning yozishicha, jabrlanganlarning aksariyati og‘ir yoki o‘ta og‘ir ahvolda.
Shuningdek, ayni paytgacha 21 nafar kishining jasadi aniqlangan. Yuzdan ortiq odamning taqdiri esa noma’lumligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 25 sentyabr kuni kechqurun Qorabog‘dagi Xonkendi (Stepanakert) - Askeran trassasidagi yoqilg‘i saqlanadigan omborxonada portlash sodir bo‘lgandi. Dastlab 20 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi