Qorabog‘dagi maktabni bitirganlar O‘zbekiston OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi
Olam
−
03 avgust
8351O‘zbekiston hukumati tarafidan Qorabog‘ning Fuzuliy shahrida qurib bitkazilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-umumta’lim maktabini tamomlaganlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.
Maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashgan vazirga ko‘ra, bu maktabda O‘zbekistondan ham o‘qituvchilar kelib dars beradi va kelgusida hamkorlik yanada kengaytiriladi.
“Maktabni bitirgan ozarbayjonlik farzandlarimiz kelajakda Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab attestatini ko‘tarib yurishidan juda xursandman. Bu maktabni bitirgan bolalar bizning ham farzandlarimiz sanaladi. Shuning uchun ular O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi”, degan Qo‘ng‘irotboy Sharipov.
Ta’kidlash joizki, 2021 yilning aprel oyida O‘zbekiston ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘da Ozarbayjonga tuhfa sifatida maktab qurishi haqida xabar bergan edik. Oradan ikki yil o‘tib, 23 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi Mirzo Ulug‘bek maktabini ochib berdi.
LiveBarchasi