Qorabog‘ – Ozarbayjonning bir qismi – Putin

Olam

image

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hududi xalqaro huquq nuqtai nazaridan Ozarbayjonning bir qismidir. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Xalqaro huquqiy nuqtai nazardan men bu haqda ham gapirdim, bu hududlarning barchasi Ozarbayjon Respublikasining ajralmas qismidir. Armanistonning o‘zi Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olmadi. Ushbu holatni hisobga olgan holda Tog‘li Qorabog‘ xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham Ozarbayjondir”, deydi Rossiya Prezidenti.

Prezident ba’zi tashqi kuchlarning aralashuvi tufayli bu yil Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha ziddiyat yana avj olishiga ishonmaydi.

“Vaziyat nazoratdan chiqib ketdi, bu keskinlik ko‘p yillar davom etdi. Menimcha, bu qandaydir tashqi aralashuv tufayli sodir bo‘lgan. Ko‘p marta otishma va mayda to‘qnashuvlar bo‘lgan. Oqibatda, holat mana shu ko‘rinishga olib kelindi”, deydi Putin.

Prezidentning ta’kidlashicha, 9 noyabr kuni mintaqada harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida imzolangan qo‘shma bayonot kuchga kirganidan bir qancha vaqt o‘tib, Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish qoidalari buzilgan. Putin endi bunday holatlar bo‘lmaydi, deb umid qilmoqda.

Vladimir Putin odamlarning hayotini saqlab qolishni kelishuvlarning asosiy natijasi, qolganlarini esa, ikkinchi darajali deb atadi.

Qorabog‘ bo‘yicha xalqaro vositachilar so‘zlardan ishlarga o‘tishlari va mahalliy aholiga yordam berishlari kerak, faqat Rossiyaga qoldirmasliklari kerak, deb hisoblaydi Putin. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari sonini ko‘paytirish mumkin. Ammo bu faqat mojaro ishtirokchilari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qorabog'

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing