Qorabog‘ nizosi: Ozarbayjon arman asirlari evaziga minalangan maydonlar xaritasini oldi

Olam

image

Ozarbayjon va Armaniston AQSH Davlat departamenti va Gruziya hukumati vositachiligida o‘zaro almashinuv o‘tkazdilar: rasmiy Baku 15 arman asirini ozod qildi va Yerevan Tog‘li Qorabog‘ tumanlaridan biridagi minalashtirilgan maydon xaritasini topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi va Armaniston hukumati rahbari Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

“2021 yil 12 iyun kuni Armaniston tomoni Ag‘dam tumanida joylashtirilgan piyodalar va tanklarga qarshi 97000 dona minalar xaritasi evaziga ozar-gruzin chegarasida Gruziya guvohligida Armanistonga 15 nafar armanistonlik topshirildi”, deyiladi Ozarbayjon TIV xabarida.

Ozarbayjon TIV Gruziya hukumati va Bosh vazir Irakli Garibashviliga vositachilik uchun minnatdorlik bildirdi va AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Filipp Rikoning, davlat kotibi Entoni Blinkenning, shuningdek Yevropa Ittifoqi va YeXHT rahbariyatining xizmatlarini olqishladi.

Nikol Pashinyan shanba kuni Filipp Riker bilan ikki kun oldin uchrashganini bildirib, u davlat kotibi Blinken unga asirlarni qaytarishni masalasida natijaga erishishni buyurganini aytgan.

“Bugun Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili, shuningdek Yevropa Ittifoqidagi hamkorlarimizning sa’y-harakatlari bilan, asirlikdagi 15 odamimiz Armanistonga qaytarildi - ular Ozarboyjondan Gruziyaga Qizil ko‘prik orqali o‘tishdi, keyin Bagratashen orqali Armanistonga qaytib kelishdi”, deya Pashinyanning so‘zlarini keltirgan “Novosti-Armeniya”agentligi.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, qaytarilgan asirlardan to‘rt nafari yaqinda chegaradagi hodisa vaqtida Ozarbayjon tomonidan asirga olingan 6 kishilik guruhdan, yana bir necha kishi urush tugagach Tog‘li Qorabog‘ janubida qo‘lga tushgan bir necha o‘n kishilik guruh tarkibidan, qolganlar o‘tgan yil sentbyar-noyabr oylarida olib borilgan harbiy harakatlar davomida asir olinganlar.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 15 nafar arman askarining asirlikdan ozod qilinishini olqishlab, vositachilik uchun Gruziya hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Almashinuvni YeXHT raisi Ann Linde ham olqishladi.

2020 yil kuzidagi urush tugaganidan yetti oy o‘tgan bo‘lsa-da Armaniston Ozarbayjonni harbiy asirlarni qaytarmaslikda ayblab kelmoqda. O‘z navbatida Baku tumanlardagi minalashtirilgan maydonlar xaritasini topshirmayotganidan norozi.

So‘nggi harbiy harakatlar vaqtida qancha arman askari Ozarbayjonga asir tushgani noma’lum. Ikki tomon ham bu borada aniq ma’lumotlarni keltirmagan. Turli taxminlarga ko‘ra 200 nafar atrofida asir bor.

“Novosti-Armeniya” agentligi 12 iyungacha Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida 72 nafar armanistonlik va 16 nafar ozarbayjonlik asir uyga qaytganini yozmoqda. Endilikda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Gruziya vositachiligida 15 nafar arman harbiylari oilasiga qaytdi.

Ag‘dam tumanidagi 97 mingta mina to‘g‘risidagi ma’lumot Ozarboyjon nazoratiga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi hududlarda minalar muammosi ko‘lamini anglashga yordam beradi.

Ag‘dam viloyati o‘tgan yilgi urushgacha Armaniston va Ozarbayjon kuchlari to‘qnashuvi chizig‘i o‘tgan to‘rt tumandan biridir. Shu bilan birga may oyi oxirida Ozarboyjonning hududlarni minalardan tozalash agentligi (ANAMA) sapyorlar urushdan keyingi 7 oy mobaynida 20 mina va portlamay qolgan qurilmalarni zararsizlantirgani haqida ma’lum qilgandi. Yana 26000 o‘q-dori va minalar yangi aloqa liniyasidagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari sapyorlari tomonidan zararsizlantirilgan.

Ozarbayjon rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yetti oy ichida Qorabog‘ atrofidagi tumanlarda yetti harbiy va 20 nafar fuqaro portlab halok bo‘lgan va yuzdan ortiq odam jarohat olgan.

So‘nggi qurbonlar 4 iyun kuni Tog‘li Qorabog‘ shimolida tankka qarshi minaga tushib qolgan yuk mashinasida bo‘lgan ikki ozarboyjonlik jurnalist va bir amaldor bo‘lgandi.

Ozarbayjon joriy yilning 27 sentyabr kuni Armaniston bilan boshlangan qurolli to‘qnashuvlardan keyin noryabr oyiga kelib Tog‘li Qorabog‘ni mustamlakadan ozod qildi. Qorabog‘ yerlari 29 yillik arman mustamlakasidan yana Ozarbayjonga qaytdi. Rasmiy Baku ayni vaqtda ushbu hududlar o‘tgan yillar davomida vayronaga aylantirilib, tarixiy obidalar yo‘q qilingani, infratuzilma ishdan chiqqani, bu ham yetmagandek, arman Hukumati hududlarga minalar o‘rnatgani va Qorabog‘ yerlari Ozarbayjon qo‘liga o‘tganiga qaramay, minalangan yerlar xaritasini bermay kelayotganini ta’kidlamoqda. Kuni kecha ushbu minalangan hududlarda Ozarbayjon jurnalistlari o‘tirgangan avtomobil portlab ketdi. Oqibatda 3 kishi – ikki jurnalist va bir amaldor qurbon bo‘ldi. Mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva murojaat bilan chiqib, xalqaro hamjamiyat, xalqaro jurnalistlar huquqlari himoyachisi sifatida o‘zini namoyon etib kelgan nohukumat tashkilotlar jurnalistlarning minalangan hududlarda qurbon bo‘lganiga panja ortidan qarab, Armanistonning harakatlariga ko‘z yumib kelayotganini ta’kidlagan edi. 

Joriy yilning 27 may – 4 iyun kunlari O‘zbekistondagi 2 mingga yaqin ommaviy axborot vositalari orasida faqatgina QALAMPIR.UZ muxbiri birinchi bo‘lib Ozarbayjonning urush kechgan hududlarida, jumladan Ganja shahrining raketa zarbasidan vayron tumani va Qorabog‘ning Ag‘dam, Fuzuli tumanlarida bo‘lib qaytdi. Jurnalist Feruza Najmiddinova Fuzuli va Ag‘dam tumanlarida minalangan hududlar borligiga o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lganini aytadi.

Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi minalashtirilgan maydonlar masalasini hal qilish muhim ekanini ta’kidlab, ikki tomonni ham kelishuvga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing