Qorabog‘ mojarosi avj olgandan beri Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari ilk bor uchrashdi 

Olam

image

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YeXHT)ning Qorabog‘ muammosi bo‘yicha Minsk guruhi hamraislari Igor Xovayev (Rossiya), Stefan Viskonti (Fransiya), Endryu Shofer (AQSH) Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari 2020 yil noyabr oyidan buyon birinchi marta uchrashganini ma’lum qildi. Ushbu uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi

“Hamraislar (YeXHT) Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan va Jeyhun Bayramov bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi, shuningdek ikkala vazirning qo‘shma yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Hamraislar Tashqi ishlar vazirlarining 2020 yil noyabr oyidan beri birinchi uchrashuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ikki mamlakatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘li bilan tinchlik jarayonini, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan qarorining belgisidir”, deyiladi YXHT saytida.

Xabarga ko‘ra, hamraislar o‘z vazifalariga muvofiq, Tog‘li Qorabog‘ muammosi bilan bog‘liq qolgan yoki undan kelib chiqadigan barcha masalalarni kompleks hal etish bo‘yicha tomonlar bilan ishlashni davom ettirishga sodiqliklarini tasdiqlaydilar.

Qayd etish kerakki, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida Qorabog‘ mojarosi o‘tmishda qolgani hamda Tog‘li Qorabog‘, deb nomlangan ma’muriy-hududiy birlik endi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro 2020 yil 27 sentyabrda faol jangovar harakatlar boshlanishi bilan keskinlashdi. O‘sha yilning 9 noyabrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan imzolagan uch tomonlama bayonot mojaro zonasida harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtashiga imkon yaratdi. Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtashdi, bir qator hududlar Baku nazorati ostiga o‘tdi, Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing