“Qora shahzoda” amerikalik senatorlarni o‘tovda mehmon qildi

Olam

image

Kecha, 7 yanvar kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud Al-Ula shahridagi qishki qarorgohida Lindsi Grem va boshqa amerikalik senatorlarni qabul qildi. Bu haqda SPA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Valiahd shahzoda AQSH senatori bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro voqealar hamda tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama qilgan.

Bundan tashqari, Muhammad bin Salmon Ol Saud AQSH Senati razvedka qo‘mitasi raisi Mark Uorner, senatorlar Angus King (Men shtati), Jon Kornin (Texas shtati), Kirsten Gillibrand (Nyu-York shtati), Jon Ossoff (Jorjiya shtati) va Mark Kelli (Arizona shtati) bilan ham uchrashgan. 

“Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikning barcha jihatlari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni rasmiylari va vazirlaridan tashqari Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchisi Rima bint Bandar Ol Saud va AQSHning Ar-Riyoddagi elchisi Maykl Ratni ham ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, yaqin kunlar ichida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safari doirasida Saudiya Arabistoniga ham boradi. 

Eslatib o‘tamiz, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida Turkiya, Gretsiya, Iordaniya va Qatarda bo‘lib, mamlakatlar rasmiylari bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni Muhammad bin Salmon Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing