“Qora Pantera” saratondan vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

"Qora Pantera"dagi roli bilan mashhur bo‘lgan Amerikalik aktyor Chedvik Bouzman 43 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan bayonotga ko‘ra, u oilasi bilan istiqomat qiladigan Los-Anjelesdagi uyida hayotdan ko‘z yumgan. 

Bouzmanga 4 yil oldin ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan, lekin u buni ommaga ma’lum qilmagan. Bu yangilik kino olamini va muxlislarni hayron qoldirdi. Rejissyor Djordan Pil "bu juda qattiq zarba" ekanligini aytdi. 

Marhumning 2018 yilda ijro etgan "Qora Pantera" filmidagi roli unga katta mashhurlik olib kelgan edi. Filmda u bosh qahramon Qirol T’Challa (Qora panterra) rolini o‘ynagan.

U hech qachon kasalligi haqida ommaga gapirmagani uchun, uning o‘limi to‘g‘risidagi xabar ko‘pchilik uchun dahshatli bo‘ldi. Lekin muxlislar bu yil uning vazni sezilarli darajada kamayganini payqashgan va bundan tashvishga tusha boshlashgan edi. 

U sodiq muxlislari qalbida uzoq yillar yashaydi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Chedvik Bouzman

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing