“Qora dushanba”. Yirik rus kompaniyalari Putinning qaroridan “larzaga keldi”
Olam
−
22 fevral 2022
26927Rossiya Federatsiyasi fond bozori Donbassdagi vaziyatning harbiy keskinlashuvi tufayli “Moskva birjasi” va RTS indekslari bo‘yicha 2020 yil noyabr oyidagi darajaga tushib, o‘z tarixida yangi “qora dushanba”ga kirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.
Indekslarning orqaga qaytish ko‘lami COVID-19 pandemiyasining boshida — 2020 yil mart oyidagi qulashni qayta qayd etdi, shu bilan birga “Moskva birjasi”da aksiyalar savdosi hajmi tarixiy maksimal darajaga yetdi va 505 milliard rubldan oshdi.
Asosiy savdolar natijasida “Moskva birjasi” indeksi 3036,88 punktga, RTS indeksi 1207,5 punktga, “Moskva birjasi”da ko‘pchilik “ko‘k fishkalar” narxi 18,3 foizga tushdi. Bir kun davomida “Moskva birjasi” indeksi asosidagi aksiyalar savdosining umumiy hajmi 505,353 milliard rublni tashkil etdi. AQSH dollari 78,7 rublga ko‘tarildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Aeroflot” (-15,8 foiz), VTB (-17,3 foiz), “Gazprom” (-10,1 foiz), “Nornikel” (-5,8 foiz), “Inter RAO“ (-10 foiz), “LUKOIL” (-6,9 foiz), “MMK” (-8,9 foiz), “MTS” (-4,7 foiz), “Magnit” (-9,8 foiz), “Moskva birjasi” (-8,2 foiz), “NLMK” (-8 foiz), “Rosneft” (-18,3 foiz), “Rostelekom” (-7,5 foiz), “RusGidro” (-8,4 foiz), Sberbank (-16,9 foiz va -17,1 foiz), “Severstal” (-6,2 foiz), “Surgutneftegaz” (-10,3 foiz), “Tatneft” (-9,6 foiz) va “FSK YeES” aksiyalari (-13,2 foiz) arzonlashgan.
“Moskva birjasi” ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 22 fevral kungi savdolar boshida Rossiya fond bozori 5,45 foizga pasaygan.
Ma’lumot o‘rnida, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonni imzolash marosimida LXR va DXR rahbarlari ham ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya tomonidan o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini (DXR va LXR) tan olinishi munosabati bilan ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi.
LiveBarchasi