Qora dengiz sohillarida suvning rangi o‘zgara boshladi
Olam
−
23 iyul 2021
11925Rossiyaning Anapa sohillarida Qora dengiz suvining rangi o‘zgara boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qora dengizning Anapa sohillarida suv rangi yashil tusga kirgan. Bu yil yoz odatdagidan ko‘ra sovuqroq boshlangani tufayli, ushbu hodisa har yilgiga qaraganda kech boshlangan.
Ma’lum qilinishicha, Qora dengiz rangi har yili iyul-avgust oylarida yashil tusga kiradi. Bunga asosiy sabab esa issiq ob-havo tufayli dengiz o‘tlarining haddan tashqari o‘sib ketishi.
Dengiz o‘tlari o‘zidan yoqimsiz va badbo‘y hid chiqaradi, turli hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu holat esa dengizda suzuvchilar uchun juda yoqimsiz holat hisoblanadi.
Ekologlarning fikricha, muammoni hal qilishning yagona yo‘li suv o‘tlarini muntazam ravishda olib tashlash (mexanizatsiya yoki qo‘lda yig‘ish).
Avvalroq, Marmar dengizining Turkiyaning eng yirik megapolisi Istanbul bilan tutash qismini shilimshiq suyuqlik qoplagandi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gelga o‘xshash modda suv tubida ham mavjud.
LiveBarchasi