Qor qoploni Qirg‘izistonning milliy ramzi sifatida tan olindi

Olam

image

Qor qoploni Qirg‘izistonning milliy ramzi sifatida rasman tan olindi. Tegishli farmon bugun, 30 dekabr kuni mamlakat Prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan va 12 ta davlatda noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan tur maqomiga ega.

“Qor qoploni nafaqat tabiiy boylik va madaniy farovonlik ramzi, balki dunyo hududining uchdan bir qismini egallagan tog‘ ekotizimining barqarorligi va sog‘lig‘ining ko‘rsatkichidir. Yovvoyi tabiatdan qor qoplonlarining yo‘qolishi nozik ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bu esa turfa hayvonot turlari va odamlarga zararlidir”, deyiladi xabarda.

Prezident Matbuot xizmati qadimgi qirg‘iz xalqi madaniyatida qor qoploni buyuklik, olijanoblik, jasorat, mardlik va chidamlilikni ifodalaganini qo‘shimcha qilgan.

Japarov qarori bilan Vazirlar Mahkamasiga “Qirg‘iziston Respublikasida qor qoplonining milliy ramzi maqomini tan olish” hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishni topshirdi.

Shuningdek, hukumatga milliy ramzni ommalashtirish, logotip qo‘llash variantlarini ishlab chiqish, ramzdan milliy va xalqaro miqyosda foydalanish yo‘nalishlarini belgilash hamda milliy ramzning g‘oyaviy mazmunini belgilash bo‘yicha topshiriq berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston qor qoploni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing