Qonun va “shantajchi”lar. Shaxsiy ma’lumotlarni tarqatuvchilarga qanday jazolar bor?

Bu qiziq

image

Bugungi kunda har bir shaxsning qo‘lida xoh u katta, xoh u kichik bo‘lsin, o‘zining shaxsiy telefoni bor. Ushbu telefonda shaxsiy va oilaviy sirga oid ma’lumotlar saqlanadi va bundan tashqari, telefon orqali xoxlagan ijtimoiy tarmoqlarga kirish, virtual olamda istalgan odam bilan do‘stlashish, ular bilan turli xil yozishmalar, foto, video va audio ma’lumotlar almashish mumkin.

Lekin hozirgi kunda shaxsiy va oilaviy sirga oid ma’lumotlarni boshqa shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqarlarga joylashtirish, uchinchi shaxslarga ko‘rsatish, yuborish va ommaga e’lon qilish xolatlari avj olgan. O‘zganing shaxsiy va oilaviy siriga oid ma’lumotlar uning roziligisiz olinishi va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilishi oqibatida qonunchilikda javogarlik mavjudligini bilish uchun odamlarda huquqiy ong va madaniyat bo‘lishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-27-moddalarida  shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlagan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 461-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar shaxs bunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil ichida yana shunday qilmish sodir etsa,  jinoiy javobgarlikka tortiladi va Jinoyat kodeksining 141-1-moddasiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.  

Agar  shaxsiy va oilaviy sirga oid ma’lumotlar shaxsning roziligisiz qonunga xilof ravishda olish, saqlash va tarqatish oqibatida:

  • og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa (masalan, shaxsiy siri tarqatilishi oqibatida shaxs o‘z joniga qasd qilsa);
  • g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa (shaxsiy hayotga doir ma’lumotni tarqatishda moddiy naf ko‘rishni qasd qilsa;
  • xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa.

Bunda ushbu harakatni sodir etgan  shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortiladi.

 

Shohruh Olimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qonun shantajchi

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing