Biznes-ombudsman QALAMPIR.UZ ko‘targan investor masalasini o‘rganmoqda
Jamiyat
−
19 may 2023
6570Kecha, 18 may kuni QALAMPIR.UZ’da “Hokimlik dastidan dod. Toshkentda investorlarga kun bormi?” nomli jurnalistik surishtiruv e’lon qilingan edi. Unda Toshkent shahrining bir nechta hududlariga katta kuchlanishdagi elektr kabeli o‘tkazilayotgani sababli 15 yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat olib boradigan investorga tegishli bo‘lgan Yashnobod tuman Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 256-uyda korxona egalarini ogohlantirmasdan hech qanday kelishuv yoki hujjatlarsiz “Prezident qarori asosida ish qilyapmiz” degan vaj bilan Yashnobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Izzat Ziyoviddinov boshchiligida qazish, hududni o‘rab turgan to‘siqlarni buzish boshlangani aytilgan. Holatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Biznes-ombudsman munosabat bildirdi.
“QALAMPIR.UZ’da Toshkent shahrida turkiyalik investorlarning hokimlik xatti-harakatidan noroziligi aks etgan murojaat yoritildi.
Unda ko‘rsatilgan holatlar qonun-hujjatlaridagi talablarga muvofiqligi yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganish uchun qabul qilinganligi ma’lum qilinadi”, deyiladi Biznes-ombudsman munosabatida.
“Hokimlik dastidan dod” Toshkentda investorlarga kun bormi? nomli jurnalistik surishtiruvni QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qiling.
LiveBarchasi