Qonun bo‘yicha tez yordam qancha vaqtda yetib kelishi kerak?
Bu qiziq
−
28 avgust 2019
16306Shifokorni chaqirish shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Ushbu xizmatdan tunu kun foydalanish mumkin.
Shifokorni shoshilinch ravishda chaqirish uchun bemor yoki uning yonida bo‘lgan shaxs yagona qisqa “103” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi yoki voqea haqida boshqacha tarzda xabar berishi zarur. Qo‘ng‘iroq bepuldir.
Bemorning ahvoli, hudud relefi, tez tibbiy yordam brigadasining ish yuklamasidan kelib chiqib shoshilinch tibbiy yordam davlat xizmati shifokoriga bemor oldiga kelishi uchun 20 dan 40 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Shoshilinch tibbiy yordam davlat xizmati shifokorini chaqirish bepul amalga oshiriladi.
Xususiy davolash muassasasi shifokorini chaqirganlik uchun to‘lov undirilishi mumkin.
Tez tibbiy yordam xizmatini qasddan aldab chaqirganlik huquqbuzarlik bo‘lib hisoblanadi va bir baravaridan uch baravargacha (223 000 so‘mdan 669 000 so‘mgacha) ma’muriy jarima qo‘llanilishiga olib keladi.
LiveBarchasi