Qonliko‘lda 17 yoshli qiz yo‘qolib qoldi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida 17 yoshli qiz uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Uning onasi qizining yo‘qolgani haqida huquq-tartibot organlariga murojaat qildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 13 avgust kuni Qonliko‘l tumani IIBga ushbu tumanda yashovchi A.A. kelib, 2003 yili tug‘ilgan qizi A.S.ning o‘z uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganini va uni topishda yordam berishini so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu murojaat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan qidiruv e’lon qilinib, uni topish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlangan.

14 avgust kuni Nukus shahri hududida avtopatrulda o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan Qoraqalpog‘iston IIV PPX xodimlari shahar ko‘chalaridan birida qidiruv e’lon qilingan shaxsga o‘xshash fuqaroni uchratgan. Shu boisdan uning shaxsini aniqlash maqsadida shahardagi 2-sonli IIBga olib borilganida, haqiqatdan ham qidiruvdagi shaxs ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ichki ishlar xodimlarining yordami bilan ushbu fuqaro shu kunning o‘zida oilasi bag‘riga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv Qonliko'l

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing