“Qonli yanvar” voqealari: 8 kishi tergovdagi qiynoqlar oqibatida o‘lgani tasdiqlandi
Olam
−
14 mart 2022
6877Qozog‘istonda yanvar oyi boshida sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida hibsga olingan sakkiz kishi tergov davomidagi qiynoqlar sabab vafot etdi. Bu haqda “Orda” nashri Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati raisi Oljas Bektenovga asoslanib, ma’lum qildi.
“Inson o‘limi fakti bo‘yicha 8 ta jinoyat ishi maxsus prokuraturaga o‘tkazildi”, degan Oljas Bektenov.
Qayd etilishicha, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida uch kishi, Olma-ota viloyatida uch kishi va Olma-ota shahrida ikki kishi vafot etgan. Qiynoqlar oqibatida odamlarning o‘limi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha sakkizta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bugun, 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishida mamlakat Bosh prokurori Berik Asilov 243 ta qiynoq holatlari bo‘yicha 9 nafar huquq-tartibot xodimi hibsga olinganini aytgan. Ulardan sakkiz nafari Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, yana biri esa ichki ishlar xodimi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qiynoqlar va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlari bo‘yicha 243 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Qozog‘istonda yanvar oyi boshida sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida 230 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, uch hafta oldin Bosh prokuratura “qonli yanvar” fojialaridan so‘ng huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchilarga nisbatan ruxsat etilmagan so‘roq usullarini qo‘llashi oqibatida olti kishi vaqtincha saqlash hibsxonalarida halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi