Qodirovning jiyani Checheniston transport vaziri bo‘ldi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani Adam Cherxigov Checheniston transport, kommunikatsiyalar va raqamli rivojlanish vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Adam Cherxigovning otasi Ramzan Cherxigov 2007 yildan buyon Checheniston transport, kommunikatsiya va raqamli rivojlanish vaziri lavozimida ishlab kelgan.

“Checheniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va hukumatida kichik kadrlar va tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ramzan Cherxigov o‘rniga Checheniston Respublikasi transport, kommunikatsiyalar va raqamli rivojlanish vaziri etib Adam Cherxigov tayinlandi. Bu haqda Checheniston Respublikasi hukumati raisi Magomed Daudov hukumat a’zolari bilan uchrashuvda ma’lum qildi”, deb yozadi Qodirov.

Ilgari Adam Cherxigov Checheniston hukumati maktabgacha ta’lim qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, yangi vazir respublikaning birinchi prezidenti Ahmad-hoji Qodirov tomonidan asos solingan jamoaning munosib a’zosi bo‘lib, yosh bo‘lishiga qaramay, rahbarlik lavozimlarida katta tajriba va kasb mahoratiga ega.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Ahmad Qodirov Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangandi. Qodirovning 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Adam Cherxigov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made