Qodirovning yordamchisi Prigojinni yuzma-yuz uchrashib olishga chaqirdi (video)
Olam
−
01 iyun 2023
17451Rossiya Davlat Dumasi deputati va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning yordamchisi Adam Delimxanov “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning “Axmat” harbiy bo‘linmasi haqida aytgan gaplariga nisbatan videomurojaat e’lon qildi.
Unda Delimxanov Prigojinning avvalroq ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatlar yo‘llab, Baxmutda jang qilgan “Vagner” bo‘linmalariga snaryadlar va qurol-yarog‘lar yetishmayotganini aytganiga ishora qilgan.
"Yevgeniy, ko‘rinib turibdiki, tushunmagansan. Tushunmagan bo‘lsang, biz senga tushuntiramiz. “Axmat” bo‘linmasi, har doimgidek, Oliy bosh qo‘mondon tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni bajaradi. Sen bloger bo‘lib olding va bizda muammolar borligi, o‘q-dorilar yetishmasligi va hokazolar haqida butun dunyoga jar solding”, deydi Delimxanov.
Deputat dastlabki paytlarda hamma qiyinchiliklarga qaramay, Rossiya Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya, DXR va barcha bo‘linmalar bilan birgalikda Mariupoldagi muammolar qanday hal qilinganini eslagan.
"Butun dunyo buni amalga oshirish mumkin emas, deb qichqirdi. Biz qiyinchiliklarimiz va muammolarimiz haqida gapirmadik. Gap sotishni, qichqirishni va nolishni to‘xtat. Uchrashib, har qanday masalani yuzma-yuz hal qilib oladigan joyni ayt”, deya Prigojinni yuzma-yuz gaplashib olishga chaqirgan Delimxanov.
Shuningdek, u o‘tgan oylar davomida “Vagner” Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan yetarlicha yordam olganini ta’kidlagan.
“Jamiyatimiz ko‘p savollarga tushunmaydi, ammo bu yerdagilarning barchasi senga ko‘rsatilayotgan yordam haqida bilishadi. Bugungi kunda DXR bu eng xavfli yo‘nalish va sen, Yevgeniy, bu haqda juda yaxshi bilasan. Agar bizda biror narsa yetishmayotgan bo‘lsa biz bu haqda sen kabi butun dunyoga jar solmaymiz. Senga boshqalardan ko‘ra ko‘proq narsa berildi. Shunga qaramay, katta yo‘qotishlarga uchrading”, deya qo‘shimcha qiladi “Axmat” vakili.
Ma’lumot uchun, avvalroq Yevgeniy Prigojin “Axmat” bo‘linmasi frontda nima qilayotganiga “tushunmayotganini” ta’kidlagandi. Delimxanovning keskin murojaati aynan shu gapga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Axmat” maxsus kuchlari hamda 2-armiya korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Apti Alaudinov yangi sektorda faol hujum operatsiyalariga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi