Qodirovning qizi yana mukofotlandi
Olam
−
04 noyabr
3396Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi, Checheniston Bosh vaziri o‘rinbosari Ayshat Qodirovaga “Ahmad-Hoji Qodirov xotirasi” medali topshirildi. Bu haqda u Instagram sahifasida yozdi.
“Qodirova Checheniston va “DXR” o‘rtasidagi “madaniy va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdagi shaxsiy xizmatlari uchun”, shuningdek, Rossiya harbiylarining “ruhini saqlab qolgani” uchun mukofotlangan”, deb xabar berdi “Grozniy” telekanali.
Medalni Qodirovning o‘zi qiziga topshirdi.
Ayshat otasi – “Respublika rahbari qo‘lidan” medalni olish u uchun “buyuk sharaf va mas’uliyat” ekanini yozgan. Qayd etish joizki, Ayshat Qodirova allaqachon kamida yettita mukofot olgan. 2020 yilda 22 yoshli Ayshat Qodirova moda sanoati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘zining birinchi medali – “Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. 2021 yil dekabr oyida u Checheniston madaniyat vaziri bo‘lib ishlagan va "Inson huquqlarini himoya qilgani uchun" medali bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, Qodirovning to‘ng‘ich qizi “Mehnatdagi farqi uchun” faxriy ko‘krak nishoni, Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Checheniston xalq artisti unvoni, shuningdek, respublikaning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlangan. 2023 yil sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qodirovaga II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordenini topshirdi. Mukofotning asoslanishida Ayshatning “milliy madaniyat va san’at rivojidagi xizmatlari” hamda “ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati” qayd etilgan.
2024 yilning fevralida Ayshat Qodirova “DXR” ordeni bilan taqdirlangan. Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmed Dudayev shundan so‘ng Qodirova “DXR”ga insonparvarlik missiyasi bilan tashrif buyurganini va muhtoj aholiga yordam yetkazish uchun delegatsiyalar yuborganini yozdi.
Ayshat Qodirova 25 yoshda, u Checheniston rahbarining to‘ng‘ich qizi. 2021 yil oktyabr oyida u Checheniston Madaniyat vazirligini boshqargan. 2023 yilda u yangi lavozimga tayinlandi. Ayshat respublika hukumati rahbarining ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Ramzan Qodirov va uning yaqinlari muntazam ravishda mukofotlar olishadi
Avvalroq “Vyorstka” Ukrainaga keng ko‘lamli bosqindan so‘ng Ramzan Qodirovning o‘zi turli mukofotlarni ikki baravar ko‘p – o‘rtacha har ikki oyda bir marta ola boshlagani haqida yozgan edi. Shu yilning may oyida Checheniston rahbari yana o‘z qarindoshlari va do‘stlarini respublika hukumatidagi yuqori lavozimlarga tayinladi.
Shu tariqa, Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li, 18 yoshli Ahmad Checheniston jismoniy tarbiya va sport vaziri, Checheniston Yoshlar ishlari vazirligi rahbari lavozimini esa Qodirovning 20 yoshli kuyovi Ramzan Vismurodov egalladi. U Checheniston rahbarining to‘rtinchi qizi Tabarikka uylangan.
Oktyabr oyining boshida Ramzan Qodirovning kenja o‘g‘li Adam Qodirov Rossiyaning rekordlar kitobiga Rossiya sub’ekti rahbarining xavfsizlik xizmatining eng yosh rahbari sifatida kiritilgan.
LiveBarchasi