Qodirovning Instagram akkaunti yana bloklandi

Olam

image

Facebook yana AQSHning sanksiyalari sababli Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning Instagram-dagi akkauntini blokladi. Bu haqda kompaniya vakili ma’lum qildi.

"Amerika kompaniyasi sifatida biz AQSH sanksiyalari to‘g‘risidagi qonunlar doirasida harakat qilamiz va qonuniy majburiyatlarimizni bajarish bo‘yicha doimiy choralarni ko‘ramiz. Bu holda biz ilgari xuddi shunga o‘xshash akkauntlarda qilganimiz kabi, sanksiyalar ostida bo‘lgan shaxsning hisoblarini o‘chirib tashladik", deydi vakil.

Avvalroq, 2017 yil dekabr oyida ham Qodirovning Instagram va Facebook sahifalari bloklangan. Keyin Facyebook-da Qodirovning AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilganligi sababli uning hisoblarini o‘chirib tashlaganliklari haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun, Instagram ijtimoiy tarmog‘i Facebook kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. Ushbu kompaniyaning bosh ofisi AQSHda joylashgan bo‘lib, mamlakatning qonun qoidalariga bo‘ysunishga majbur.

 

Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Instagram

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing