Ramzan Qodirovni “shayton” degan o‘spirinning otasi uzr so‘radi (video)
Olam
−
20 may 2021
15313Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi jonli efirida uni “shayton” deb atagan Instagram foydalanuvchisining otasi voqea uchun uzr so‘radi. Bu haqda “Grozniy TV” o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, Qodirovni “shayton” degan foydalanuvchi asli dog‘istonlik 15 yoshli o‘spirin. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, u otasi bilan Moskva yaqinidagi Chexovda yashaydi.
Qayd etilishicha, yigitning otasi Qodirovdan “munosib o‘g‘il o‘stira olmagani va uni noto‘g‘ri tarbiyalagani” uchun uzr so‘ragan.
“O‘g‘lim efiringiz paytida juda haqoratli va hurmatsiz gapirdi. Kelajakda uning tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishga kafolat beraman”, degan o‘spirinning otasi.
U “bu qanchalik jiddiy” ekanini va Kavkazda “bunday so‘zlarga talab” qanday ekanini tushunishini ta’kidlagan.
Erkak, shuningdek, o‘g‘lining “bunday tarbiyasidan juda uyalayotganini” aytgan. Bundan tashqari, u “bu qanday sodir bo‘lganini tushunmay qolganini” ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Qodirovga “Sen odam emassan, shunchaki shaytonsan”, deb yozgandi. Checheniston rahbari ushbu so‘zlarga e’tibor qaratgandi va sharhni jonli efirda o‘qib, uni skrinshot qilib saqlab qo‘ygandi.
LiveBarchasi