Qodirov o‘tgan yili qancha daromad qildi?

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2021 yilda 26,5 million rubldan ortiq daromad qildi. Bu 2020 yilga nisbatan 14 baravar kam. Bu haqda viloyat rahbari va hukumati rasmiy saytida e’lon qilingan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan.

Deklaratsiyaga ko‘ra, Ramzan Qodirov 2344,3 kvadrat metrdan iborat turar-joy binosi, 28 361 kv metr va 3 668 kv merdan iborat ikkita yer uchastkasiga egalik qiladi. Hujjatda qayd etilganidek, Checheniston rahbari, uning rafiqasi va 11 nafar voyaga yetmagan bolalari 300 kvadrat metrlik turar-joy binosidan foydalanmoqda. Qodirovning shaxsiy transporti hamon yo‘q.

Checheniston rahbarining rafiqasi 2021 yilda 1,5 million rubldan ko‘proq maosh olgan. 2020 yilda Qodirovning daromadi 381 million rublni, rafiqasiniki esa 1,5 million rublni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2021 yildagi daromadi 10 million 202 ming 616 rublni tashkil qilgan. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa o‘tgan yilda 14,5 million rubl ishlab topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing