Qodirov to‘ng‘ich qizini yana taqdirladi 

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi, Checheniston Madaniyat vaziri Ayshat Qodirova “Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvonini oldi. Bu haqda Respublikaning Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot bo‘yicha vaziri Ahmed Dudayev Instagram’da ma’lum qildi.  

“Madaniyat vaziri Ayshat Ramzanovna Qodirovani Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonini olgani bilan chin qalbimdan tabriklayman”, deb yozgan Dudayev. 

Ayshat Qodirova 22 yoshda. 2020 yil sentyabrida Checheniston rahbari o‘z qizini Madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinladi, bir yildan sal ko‘proq vaqt o‘tgach, u vazirlik lavozimini egalladi. Joriy yilning mart oyida u “Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medalini olgandi. Xuddi shu medal Checheniston rahbarining ikkinchi qizi Xadijat Qodirovaga ham topshirilgandi. 

25 dekabr kuni Ayshat Qodirova “Inson huquqlarini himoya qilgani uchun” medali bilan taqdirlandi. U ushbu mukofotga fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilish, Respublikaning ijtimoiy va madaniy hayotini rivojlantirish, chechen xalqining madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash hamda ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib ko‘rildi.


Maqola muallifi

Teglar

Checheniston Qodirov Qodirova

Baholaganlar

145

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing