Qodirov Rossiyaga do‘st bo‘lmaganlar tishsiz qolishini aytdi
Olam
−
15 avgust 2022
13348Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning fikricha, G‘arb siyosatchilari Rossiyaning qulash strategiyasini to‘xtatib, kelajakdagi hamkorlik haqida o‘ylashlari kerak. Bu haqda Qodirov Telegram-kanalida yozib qoldirgan.
Qodirovning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari haligacha zamonaviy Rossiya Federatsiyasi “Gorbachyovning respublikalar ittifoqi” bo‘lishni to‘xtatganini anglab yetmagan.
“Bu boshqa bir kuchli va qudratli Rossiya va siz, G‘arb siyosatchilari, Rossiya Federatsiyasining qulash strategiyasini emas, balki G‘arb tomonidan talon-taroj qilingan va xo‘rlangan davlatdan 20 yildan biroz ko‘proq vaqt ichida kuchli siyosiy tuzilishga ega bo‘lgan davlatga aylangan mamlakat bilan hamkorlik bo‘yicha munosabatingizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak”, deya tushuntirgan Checheniston rahbari.
Qodirov, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning agar kimdir mamlakatni tishlamoqchi bo‘lsa, tishsiz qoladi, degan so‘zlarini eslatgan.
“Rossiya bilan do‘st bo‘lishni o‘rganing – o‘z tishlaringiz sog‘lom bo‘ladi”, deya xulosa qilgan Qodirov.
LiveBarchasi