Qodirov Rossiyada tinchlikni saqlash uchun masjidlarni ko‘paytirishga chaqirdi

Olam

image

Musulmonlarning huquqlari poymol qilinmasligi uchun mamlakatning har bir mintaqasida kamida bir nechta masjid bo‘lishi kerak. Bu haqda kecha, 29 dekabr kuni Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida ma’lum qildi. 

"Musulmonlar namozni, juma namozini masjidda o‘qishsin. Biz ko‘p narsa so‘ramayapmiz. Har bir viloyatda mingta masjid so‘ramayapmiz. Musulmonlar [namoz o‘qishi uchun] imkon yaratish uchun mintaqada bir nechta masjidlar qurish kerak”, deydi Qodirov hududida masjid bo‘lmagan viloyatlar rahbarlariga murojaat qilib. 

Uning ta’kidlashicha, Chechenistonda masjidlardan tashqari cherkovlar ham bor va hech kim nasroniylarning huquqlarini buzmaydi. 

"Iltimos, bizning Checheniston Respublikasida qanday yashayotganimizga qarang: biz masjidlar quryapmiz, bu yerda cherkovlar quryapmiz. Agar bu yerda cherkovlarni olib tashlasak, sizga qanday ko‘rinadi, qanday ta’sir qiladi? Biz nasroniylarga hijob yoki ro‘mol o‘rashni aytmaymiz. Ular o‘z madaniyatini, dinini buzmasdan, o‘zlari xohlagancha kiyinadilar, biz ularga sharoit yaratamiz”, deya qo‘shimcha qildi respublika rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, masjidlar qurilishi mintaqada xavfsiz muhitni yaratishga xizmat qiladi.  

“Masjidlar qurmay turib, tartib o‘rnatolmaysiz, hech qanday oqimni to‘xtata olmaysiz, aksincha, musulmonlarga sharoit yaratib, masjid qurishga imkon berishingiz, shu orqali ularning xavfsizligini ta’minlashingiz kerak. Shunda musulmon sizning shahringiz, viloyatingiz, davlatingiz manfaatlarini himoya qiladi. Biz qanday yashayotganimizni ko‘ring va bizdan o‘rnak oling”, deydi Qodirov. 

Checheniston rahbarining yillik to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti 29 dekabrda bo‘lib o‘tdi. Eshittirish Grozniy teleradiokompaniyasining televideniye va radioeshittirishlarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirildi. Rus, ingliz va arab tillarida translyatsiya qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

98

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing