Qodirov parhezdagi o‘g‘li qanday semirayotganini “fosh” qildi

Olam

image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam qattiq parhezdaligiga qaramasdan nima uchun semirishga muvaffaq bo‘lganini bilib oldi. Bu haqda Qodirovning o‘zi ma’lum qildi.  

“Biz Adam qanday qilib qattiq parhezda semirayotganidan hayratda edik. Ma’lum bo‘lishicha, u yashirib, ovqatiga ming-minglab kilokaloriya qo‘shib kelgan”, degan Checheniston rahbari “VKontakte”da. 

Checheniston rahbari, shuningdek, o‘z obunachilarini o‘g‘lining ovqatlanish rejasini kuzatishga chaqirgan. 

“Endi Adamning ovqatlanish rejasiga qattiq shartlar kiritildi. Oilamizdagi har bir kishi Adamning uyda va uydan tashqarida ovqatlanishini kuzatib borishni o‘z zimmasiga oldi, men o‘z obunachilarimni ham shunga chaqirdim. Kilogramm to‘plagan aybdorning o‘zi esa fast fud boshqa megakaloriyali mahsulotlarni iste’mol qilmaslikka va’da berdi”, deb yozgan Qodirov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Ramzan Qodirovning o‘g‘li, 13 yoshli Adam Qodirov boks bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda ziddiyatli g‘alabani qo‘lga kiritgandi va ushbu masala atrofida gap-so‘zlar bir muddat tinmagandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirovning 10 nafar farzandi bor: 4 o‘g‘il va 6 qiz.


Maqola muallifi

Teglar

Qodirov Adam

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing