Qodirov Fransiyada o‘qituvchining vahshiylarcha o‘ldirilganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Parij chetidagi kommunada maktab o‘chituvchisining shavqatsiz tarzda o‘ldirilishini qoraladi. U bu qurbonning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Ramzan Qodirov Fransiyada muammolarni chechenlarga ag‘darish birinchi marta bo‘lmayotganini ta’kidlab, bu yerda Respublikaning hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

“Jinoyatchining millati bo‘lmaydi. Fransiyada barcha muammolarni chechenlarga ag‘darish birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. barchani ishontirishim mumkinki, chechenlarning bunga aloqasi yo‘q. Angorov deyarli butun umrini Fransiyada yashadi, ularning tilida gaplashgan, fransuzlar bilan o‘sgan. Anzorov Checheniston Respublikasida bir marotaba ikki yoshligida bo‘lgan”, deya holatga munosabat bildirgan Qodirov.

Siyosatshunos bu fojia Fransiya jamiyati demokratiyani taqiqsizlik bilan, islom qadriyatlariga cheklovchi munosabatni uning namoyishi deb hisoblayotgani haqida o‘lash kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Ramzan Qodirov Checheniston bu terrorchilik harakatini qoralashini va terrorning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanini alohida ta’kidlab, dindorlarning e’tiqodiga tegmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Konflan-Sent-Onorin nomli kichik shaharchada maktabning tarix fani o‘qituvchisi mudhish qotillik qurboni bo‘ldi. Qotil pichoq bilan qurollanib, maktab yonida o‘qituvchining boshini tanasidan judo qilgan. Keyin u shahar politsiyasi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi so‘z erkinligi bo‘yicha muhokamalar vaqtida sinfda “Charlie Hebdo” hajviy jurnalida e’lon qilingan payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning tahqirlovchi karikaturalarni namoyish qilgan.

Qotilning shaxsi

Rasmiylar hujum qilgan shaxsning tafsilotlarini hali e’lon qilgani yo‘q. Rasmiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha,  u haqida ma’lumot huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan olib boriladigan terrorchilarning ma’lumotlar bazalarida mavjud emas. Ommaviy axborot vositalarida aytilishicha, ushbu jinoyatni asli 18 yoshli chechenistonlik chet el fuqarosi sodir etgan. "Le Figaro" gazetasining yozishicha, u 2002 yilda Moskvada tug‘ilgan, ammo Fransiyada yashaygan. Ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. 

Rossiyaning Parijdagi elchixonasi Matbuot xizmati rahbari Sergey Parinovning TASS muxbiriga aytishicha, rossiyalik diplomatlar hujum qilgan shaxs haqida Fransiya rasmiylaridan ma’lumot so‘ragan. "Hozirda bizda jinoyatda gumon qilinayotgan shaxsning fuqaroligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q”, deydi diplomat.  

Kechasi politsiya qotilning qarindoshlari kvartiralarida bir qator tintuvlar o‘tkazgan. 

Bugun, 17 oktyabr kuni respublika prokurori tomonidan jinoyat xronologiyasi va terrorchining shaxsi to‘g‘risida birinchi rasmiy ma’lumotlar taqdim etilishi mumkin.

Mazkur jinoyatga munosabat bildirgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron jinoyatga Islom dinini aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

2633

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing