Qodirov AQSHdan tanish-bilish topdimi? Uning nomi sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirildi
Olam
−
15 noyabr 2022
8204Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSH sanksiyalari ro‘yxatidan o‘chirildi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi saytida xabar berildi.
“Ro‘yxatda quyidagi istisnolar mavjud... Ramzan Axmatovich QODIROV”, deyiladi xabarda.
Maxsus tayinlangan fuqarolar ro‘yxatidagi shaxslarning qora ro‘yxati AQSH vazirligining bo‘limi – Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan e’lon qilinadi. Ro‘yxatga AQSH fuqarolariga biznes yuritishi taqiqlangan shaxslar va tashkilotlar kiritilgan. Qodirov bu ro‘yxatdan chiqarib tashlandi. Biroq Ramzan Qodirov “o‘zgarishlar ro‘yxati” varaqasiga kiritilgan.
Oktyabr oyida Qodirov o‘zi, uning qarindoshlari, hamkorlari, otlari, unga aloqador tashkilotlar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari 70 marta – Suriya va Belarus Prezidentlariga, shuningdek, KXDR yetakchisiga nisbatan ko‘proq sanksiyaga uchraganini da’vo qilgan edi.
Checheniston rahbari Rossiya rekordlar kitobiga dunyoda eng ko‘p sanksiya qo‘llanilgan shaxs sifatida kiritilgan.
LiveBarchasi