Qodiriyning uyi buziladimi?
Jamiyat
−
07 avgust 2019 7877 1 daqiqa
Joriy yilning 5 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qodiriyning Toshkent shahar “Samarqand darvoza” mahallasida joylashgan uyi buzilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar hokimiligi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unda qayd etilishicha, Abdulla Qodiriyning uyi buzilmayapti. Xabarlar shunchaki jamoatchilik e’tiborini tortish uchun tarqatilgan.
Aksincha, bu yerda joriy yilning kuz fasli oxirida Abdulla Qodiriy bog‘-muzeyini ochish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Abdulla Qodiriy 1894-1938 yillarda yashib ijod qilgan o‘zbek yozuvchisi. Qodiriy 1938 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan. U dunyoga "O‘tkan kunlar" romani bilan tanilgan. "O‘tkan kunlar" o‘zbek romanchiligining shoh asari sifatida tarixda qolgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr