Oliy sud Abdulla Qodiriyni oqladi (video)

3-sahifa

Bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida taniqli adib Abdulla Qodiriyga nisbatan chiqarilgan O‘zbekiston SSR Oliy sudi jinoyat ishlari hay’atining 1926 yildagi hukmi ustidan Qodiriyning nabirasi tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

Abdulla Qodiriy O‘zbekiston SSR Oliy sudi jinoyat ishlari hay’atining 1926 yil 16 iyunida Jinoyat kodeksining 73-moddasida (kontrrevolyutsion xarakterga ega adabiyotlarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Biroq O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasi Rayosatining 1926 yil 17 iyundagi qaroriga asosan jazodan ozod etilgan.

Qodiriyga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilinib, uning harakatlarida O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy holat yuz bermagani sababli aybsiz deb topilib, oqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Qodiriy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing