“Samarqand darvoza” yonida shar sotuvchi yigit pichoqlanib, vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Poytaxt Toshkentdagi “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida qo‘lbola havo sharlarini sotayotgan yigitlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda yigitlar biri olgan og‘ir tan jarohati sabab vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Gap shundaki, joriy yilning 5 aprel kuni soat 22:00 dan 23:30 lar oralig‘ida 22 yoshli Dostonjon Q. Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shoxobchasi yonida Alisher A. bilan janjallashib qoladi. Shu vaqt Dostonjon Q. Alisher A.ga yonida bo‘lgan pichoq bilan jarohat yetkazgan. Oqibatda shu kuni soat 04:45da Alisher A. olgan jarohatlari tufayli ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Dostonjon Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari jarayonida, ushbu janjalning kelib chiqishiga Dostonjon Q. va Alisher A. hamda ularning yonida bo‘lgan sheriklari “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida qo‘lbola havo sharlarini sotib turgan vaqtlarida joy talashishlari sabab bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand darvoza

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing