Qobuldagi portlashda 10 ga yaqin odam qurbon bo‘ldi – OAV

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr Afg‘oniston poytaxtidagi Rossiya elchixonasining konsullik bo‘limi yaqinida yuz bergan portlashda kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qatarning “Al Jazeera” telekanali afg‘on huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlardan tashqari kamida 15 kishi jabrlangan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Qobul vaqti bilan soat 10:50 da mamlakatning Afg‘oniston poytaxtidagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish joyi yaqinida noma’lum jangari portlovchi moslamani ishga tushirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 sentbyar kuni Qobuldagi Rossiya elchixonasi oldida terakt sodir etildi. “Reuters” politsiyaga tayanib xabar berishicha, ushbu portlashni xudkush-terrorchi sodir etgan. Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, portlashda diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul portlash

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing