Qobuldagi masjid yaqinida portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Olam
−
03 Oktabr 2021
8739Bugun, 3 oktyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi “Idga” masjidi yaqinida portlag sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar soni hozircha 12 kishiga yetdi. Bu haqda RIA novosti “Tolibon” harakatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, vafot etganlardan tashqari yana 32 kishi yaralangan. Qurbon va jabrlanuvchilar soni ortishi mumkin.
Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Kari Said Xosti portlashni uyushtirishda gumonlangan ukishi hibsga olinganini e’lon qilgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, portlash vaqtida masjidda Afg‘oniston muvaqqat hukumatida madaniyat va axborot xizmati bo‘yicha vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Zabihulla Mujohidning onasi vafoti munosabati bilan janoza namozi o‘qilayotgan bo‘lgan.
Hozircha mamlakatdagi hech bir qurolli guruh portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
LiveBarchasi