Qobuldagi harbiy shifoxonada portlash yuz berdi
Olam
−
02 noyabr 2021
6919Bugun, 2 noyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda ikkita portlash sodir bo‘ldi. Dastlab shahardagi markaziy shifoxonada, keyinchalik esa shifoxona yaqinida bomba portlatilgan. Terrorchilik hujumi oqibatida hozirgacha 15 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Qayd etilishicha, noma’lum terrorchilar va “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.
Afg‘oniston hokimiyatiga kelgan “Tolibon” tomonidan tayinlangan Axborot va madaniyat vazirining ikkinchi o‘rinbosari Bilol Karimiyning ma’lum qilishicha, birinchi portlash Muhammad Dovudxon nomidagi shifoxona binosiga kiraverishda, ikkinchisi esa uning yonida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Muhammad Dovudxon nomidagi shifoxona 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga tegishli.
Portlash haqidagi ma’lumotni “Tolibon” harakati tomonidan tayinlangan Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xosti tasdiqlagan.
“Afg‘oniston Islom Amirligining maxsus kuchlari allaqachon voqea joyida”, deya yozgan u Twitter sahifasida.
LiveBarchasi