Qobulda juma namozidan keyin masjid oldida portlash yuz berdi (video)
Olam
−
23 Sentabr 2022
8347Bugun, 23 sentyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi vazir Akbar Xon masjidi oldida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida hozirgacha to‘rt kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi.
Qobul politsiyasining ma’lum qilishicha, portlash poytaxtning 10-qo‘riqlanadigan tumanidagi Vazir Akbar Xon hududidagi masjid oldida sodir bo‘lgan.
Qobul politsiyasi vakili Xolid Zadranning “Pajhwok Afghan News” nashriga aytishicha, portlash odamlar juma namozidan keyin ko‘chaga chiqayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Zadran tafsilotlarga to‘xtalmasdan barcha qurbonlar tinch aholi va mehmonlar ekanini aytdi. Batafsil ma’lumot keyinroq berilishini aytdi.
Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmadi.
LiveBarchasi