Qobulda yana portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor 

Olam

image
Qobulda portlash sodir bo‘ldi north_east

Qobulda portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 6 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda portlash yuz berdi. Oqibatda kamida olti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, portlash shaharning g‘arbiy qismidagi gavjum savdo ko‘chasida sodir bo‘lgan. Odatda bu hududda shia jamoati a’zolari to‘planadi.

“Islom davlati” terrorchilik guruhi hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Kecha, 5 avgust kuni ham Qobulda portlash yuz bergandi. Portlashda sakkiz kishi halok bo‘lgan, 18 kishi jarohatlangan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, snaryad portlatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 18 iyun kuni Qobuldagi sikhlar ibodatxonasida, 29 may kuni Golaye parki hududida portlash sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qobul portlash

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing