Qobulda portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
18 iyun 2022
7412Bugun, 18 iyun kuni Qobuldagi sikhlar ibodatxonasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, binoda taxminan 30 kishi bo‘lgan. O‘lganlar va yaralanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
“Ariana News” telekanalining Twitter’dagi xabariga ko‘ra, Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi mamlakat poytaxtidagi portlashni tasdiqladi. Bundan tashqari, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Qobulda yana bir necha portlash sodir bo‘lgan.
Boshqa tafsilotlar berilmagan.
Joriy yilning 29 may kuni Qobulda magnit minalar portlashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi. Hodisa Golaye parki hududida sodir bo‘lgan. Mina velosipedga o‘rnatilgan bo‘lib, hujumchilarning maqsadi fuqaro avtomobili bilan to‘qnashgan “Tolibon” avtomobili edi.
22 aprel kuni Afg‘oniston shimolida joylashgan Kunduz viloyatidagi masjidda portlash sodir bo‘lgan. 33 kishi, shu jumladan bolalar vafot etdi. Portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirgan.
Oynisaxon Abdullayeva
LiveBarchasi