Qobulda yana portlash bo‘ldi
Olam
−
20 aprel 2022 9630 1 daqiqa
Afg‘oniston poytaxti Qobulda bugun, 20 aprel kuni ertalab portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Aamaj News” agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, portlash Afg‘oniston poytaxtining ikkinchi xavfsizlik hududidagi politsiya punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakati tarafdorlariga tegishli avtomobil portlatilgan.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida bir necha kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 aprel kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda ta’lim muassasalari yaqinida suyushtirilgan bir necha portlashda taxminan 20 kishi halok bo‘lgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr