Qobulda elchixona yaqinida sodir etilgan terakt tashkilotchisi yo‘q qilindi

Olam

image

Qobulda o‘ldirilgan jangarilardan biri 2022 yilda Afg‘oniston poytaxtida diplomatik vakolatxonalarga qarshi teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan yuqori martabali ISHID zobiti bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohidga tayanib, TASS xabar berdi.

“O‘ldirilganlar orasida ISHIDning “Xuroson” guruhi a’zosi, Qobuldagi so‘nggi hujumlarga, jumladan, diplomatik vakolatxonalar va masjidlarga qarshi uyushtirilgan hujumlarni boshqargan razvedka va operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i ham bor”, deydi Tolibon vakili.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari poytaxtda ISHID terrorchilik guruhining ikki jangarisini yo‘q qilgan, yana birini qo‘lga olgan. Reyd Qobul shimoli-g‘arbidagi Xayrxon hududida amalga oshirilgan. Jangarilardan pulemyotlar, portlovchi moddalar va katta miqdordagi o‘q-dorilar musodara qilingan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil sentyabr oyida Rossiyaning Qobuldagi elchixonasining konsullik bo‘limiga kirish joyi yaqinida portlovchi moslama ishga tushirilib, diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo‘lgan. Dekabr oyida esa Pokiston elchixonasiga ham hujum uyushtirilgan. Terrorchilar diplomatik missiya rahbari Ubayd Nizomoniyga suiqasd uyushtirishga uringan. Oqibatda elchixona qo‘riqchisi jarohatlangan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qobul terakt elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing