Qizlarni Ummonga fohishalikka jo‘natgan 2 ayol qamaldi
3-sahifa
−
20 Sentabr
5895Samarqand viloyatida qizlarni Ummon davlatiga fohishalikka jo‘natib kelgan ikki ayol 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, asli Farg‘onadan bo‘lgan 32 yoshli ayol yosh qizlarni Ummon davlatida fohishalikka majburlab kelgan. U o‘zining jinoiy qilmishiga jizzaxlik ayolni sherik qilgan. Ular chet elga chiqish orzusida yurgan qizlarni viza va boshqa xarajatlarini to‘lab, ularni 2021 yildan boshlab xorijga yuborgan. Xususan, qizlar orasida o‘zining ovsini ham bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, ayolning yoniga uy olish, sharoitini to‘g‘rilash maqsadida ishlash uchun borgan.
“Men borganimda umuman til bilmasdim, tushunmasdim. U gaplashib, qizlarni mehmonxonaga tashlab chiqardi. Men ofitsiantlikka borgan edim, keyin meni fohishalikka majburladi”, deydi ayol.
Guvohlardan biri sudlanuvchi u yerga juda ko‘p qizlarni chaqirib bergani, 18 ta qizi bor, deb eshitganligini ta’kidladi.
Holat yuzasidan sud ishi Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3 nafar qo‘shnisini fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamalgandi.
LiveBarchasi