Qizlarni fohishalikka majburlagan ayol Toshkentga ekstraditsiya qilindi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ayol sotish va ekspluatatsiya maqsadida qizlarga yuqori maosh va’da qilib, ularni Turkiyaga olib borgan. U yerda qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Ikki davlatning Interpol milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamjihatlik va tezkor hamkorliklari tufayli muvaffaqiyatli qo‘shma faoliyat amalga oshirilib, ayol ushlangan va Toshkentga ekstraditsiya qilingan.

Bildirilishicha, hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosining kuzatuvi ostida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar ayol Ummonning Maskat shahridan Toshkentga olib kelingandi. Ikkala ayol ham firibgarlik va odam savdosi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi Turkiya Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing