Qizlarni fohishalik uchun chetga chiqarmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga tushdi (video)

Jamiyat

image

Xotin-qizlarni xorijiy valyutada baholab, turli mijozlarga intim xizmatlar ko‘rsatish uchun sharoit yaratib bergan hamda ularni Rossiya Federatsiyasining Qozon, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shaharlariga olib borib tazyiq va zo‘ravonlik ostida ularni majburan shahvoniy ekspluatatsiya qilib kelgan guruhlar aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab joriy yilning 7 mart kuni IVVning tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 3200 AQSH dollari evaziga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi dala hovlilardan biriga mijozlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun qo‘l ostidagi qizlardan 5 nafarini olib kelib berayotgan jinoiy guruh tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Shuningdek, 28 mart kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida kuzatuvdagi yana bir jinoiy guruh ikki nafar shaxsni Rossiyaning Qozon shahriga fohishalik qilishlari uchun, Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtida ushlangan.

4 aprel kuni Toshkent va Xorazm viloyatida yashovchi ikki nafar qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga yuborayotgan jinoiy guruh tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga tushgan.

“Hozirda mazkur guruhlar tomonidan shahvoniy ekspluatatsiya qilish maqsadida olib ketilgan boshqa qizlarning shaxsini aniqlashga doir tegishli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi IVV xabarida


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Xotin-qizlar IVV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing