Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Anvar Homitovich Oripov Surxondaryo viloyatidagi Qiziriq tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 13 aprel kuni xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi. Sessiyada Anvar Oripov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U shu vaqtga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Anvar Oripov 1985 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010 yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi bo‘lgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zagroeksport” AJ, Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Qiziriq Anvar Oripov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing