Qiziriq tumanida hokim o‘zgardi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyul kuni Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Olim Boboqulovich Muhammadiyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Qiziriq tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Shu kungacha viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhom Elmurodovich Yusupov Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Yusupov Ilhom Elmurodovich 1977 yilning 14 iyunida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi, 2015 yilda Ichki ishlar akademiyasining Oliy akademik kursini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: huquqshunos.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Jarqo‘rg‘on tumani IIB bo‘linma boshlig‘i, Termiz tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Denov tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Qiziriq tumani IIB boshlig‘i, Denov tumani IIB boshlig‘i, 2020 yildan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari  lavozimlarida ishlagan.

Avvalroq, Angor tumani hokimi yang lavozimga o‘tkazilgani munosabati bilan hududga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qiziriq tumani

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing